“Gentra”ga “UZB” seriyali soxtalashtirgan avtomashina raqamini taqqan shaxs qamaldi
Toshkentda mashhur “UZB” seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib “Renessans TV”ning “Ovoza” dasturida xabar qilindi.
Maʼlum qilinishicha, 1989-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining “Gentra” rusumli avtomashinasiga “UZB” qalbaki raqamini oʻrnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan.
Shuningdek, ayblanuvchi javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan “UZB” davlat raqamidan foydalanish toʻgʻrisidagi soxta hujjatni bergan. Tekshiruvlar hujjatni fuqaro oʻzi soxtalashtirganini fosh qildi.
Ayblanuvchi fuqaro bu qilgan ishidan asosiy maqsad havas boʻlganligini va hech qanday jinoiy, qabih niyati boʻlmaganini bildirib, pushaymonligini izhor qilgan.
“Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topdi. Fuqaro ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi”, deyiladi Toshkent shahar IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring