Zoʻrlash jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan shaxslar xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga keltirildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, zoʻrlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan fuqaro Polshadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Mazkur fuqaro Polsha hududida qoʻlga olingan hamda zarur tartib talablari amalga oshirilib, jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy Markaziy Byurosi xodimlariga topshirilgan.
Avvalroq, shu yilning 7-sentyabr kuni AQSHdan Oʻzbekistonga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida mamlakatda noqonuniy ravishda boʻlgan 39 nafar fuqaro deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu deportatsiya qilingan fuqarolar orasida Interpol kanallari orqali oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ham boʻlgan.
“Jinoyatchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish va sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va Respublika Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kutib olindi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring