Oliy Majlis Senatida AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “The Stirling Foundation” global xayriya fondi rahbari Devid Bednar boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik hamkorlik tobora faollashib bormoqda. Joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan samarali muzokaralari, shubhasiz, ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini tasdiqlaydi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va AQSHning Yuta shtati oʻrtasida iqtisodiy, taʼlim va gumanitar aloqalar izchil mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi. Xususan, “Oʻzbekiston–Yuta” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan 64 ta qoʻshma loyihaning 45 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu loyihalar diplomatiya, savdo, investitsiya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniy almashinuv sohalarini qamrab olgan.
Muloqot davomida raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va IT-taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring