“Zilol”da “Sayxunobod tajribasi” katta samara bermoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oltiariq tumanining eng olis hududida joylashgan “Zilol” MFY dehqonchilik qilish uchun noqulay hududda joylashgan boʻlib, dasht yerlarda ekinlarni sugʻorish masalasi ogʻir edi.
Bugungi kunda 3400 nafarga yaqin aholi istiqomat qiluvchi mahallada “Sayxunobod tajribasi” asosida astoydil ishga kirishilib, joriy yilning oʻzida tomorqasida issiqxona tashkil qilishi uchun 28 ta oilaga 750 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Kam taʼminlangan, mehnat muhojirligidan qaytgan bir necha oilaga subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi.
Shu tariqa 660 ta xonadondan iborat mahalladagi 200 ga yaqin oila tomorqasida zamonaviy issiqxonalarda yiliga 2–3-martagacha hosil olmoqda. Issiqxonalarda tomchilatib sugʻorish, tejamkor va muqobil energiya manbalari yordamida isitish tizimi joriy etilgan.

Sayfiddin Mahibullayev mehnat migratsiyasidan qaytib, 30 million soʻm imtiyozli bank krediti evaziga oʻz xonadonida 2 ta issiqxona barpo etdi. Ahrorjon Ibragimov ham 9 sotixli issiqxonada yil davomida bodring–pomidor, uzum yetishtiradi. Natijada ushbu oilalar yiliga oʻrtacha 120 – 150 million soʻm daromad olmoqda.
— Besh–olti nafar I–guruh nogironligi bor shaxslarni hisobga olmasa, hududda deyarli kambagʻal oila qolmadi,—deydi “Zilol” MFY hokim yordamchisi Qilichbek Ahmedov.—Aniq maqsadli va tizimli ishlashda bizga “Sayxunobod tajribasi” katta samara bermoqda.
Ayni paytda mahallada dehqonchilik bilan birga hunarmandchilikni rivojlantirish, har bir oilani qoʻshimcha birorta hunarga oʻrgatish hamda daromad manbaini oshirish boʻyicha amaliy ishlarga kirishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring