“Qor bagʻridagi Toshkent”: yana bir bor qish qiyofasiga kirgan poytaxtdan fotoreportaj
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 22-yanvar kuni Toshkent shahri yana bir bor qish manzarasiga burkandi. Poytaxt aholisida payshanba tongini oppoq qor bilan qarshi oldi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbiri qorli Toshkent manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.
Koʻchalar, bogʻlar va xiyobonlar qor bilan qoplanib, shahar muhitida haqiqiy qish kayfiyati sezildi. Daraxt shoxlariga qoʻngan qor, oʻrindiqlar ustidagi oppoq izlar poytaxtni betakror koʻrinishga keltirdi.
Qalin qor transport harakatiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. Shahar boʻylab harakatlanayotgan avtomobillar va jamoat transportlari ehtiyotkorlik bilan oʻz manzillari tomon yoʻl olib, xavfsizlik qoidalariga har qachongidan ham qatʼiy amal qilmoqda.
Akmal MUHAMMADOV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring