Tog‘ qishloqlari va zamonaviy kongress markazlar yonma-yon qad rostlagan shahar – Davosdan fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Ayni damda Shveytsariyada bo‘lib turgan «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati fotomuxbiri Alp tog‘lari bag‘rida joylashgan Davos shahrining betakror manzaralarini kamera ob’yektiviga muhrladi.

Davos Shveytsariyaning eng baland qismida joylashgan shaharlaridan biri bo‘lib, u tabiat musaffoligi va zamonaviy infratuzilma uyg‘unlashgan noyob maskan sifatida tanilgan. Qorli tog‘lar, yashil vodiylar va toza havo bu shaharga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi.

Shahar nafaqat tabiiy go‘zalligi, balki xalqaro ahamiyati bilan ham mashhur. Davos yil sayin dunyo yetakchilari, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydigan nufuzli xalqaro anjumanlar o‘tkaziladigan markazga aylanib bormoqda. Bu esa shaharni global muloqot maydoni sifatida yanada mashhur qilgan.

Davos arxitekturasida ham an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Qadimiy tog‘ qishloqlariga xos uylar zamonaviy mehmonxonalar va kongress markazlari bilan yonma-yon qad rostlagan. Qishki sport inshootlari, chang‘i yo‘laklari va dam olish maskanlari shaharning sayyohlik salohiyatini yanada oshiradi.

Тинчлик, тартиб-интизом ва юқори хизмат сифати Давосни нафақат дам олиш, балки халқаро тадбирлар ўтказиш учун ҳам энг мақбул шаҳарлардан бирига айлантирган. Табиат ва цивилизация уйғунлашган бу маскан ҳар бир ташриф буюрувчида унутилмас таассурот қолдиради.















Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring