Jurnalistlar va blogerlarga xorijlik mutaxassislar data-jurnalistika boʻyicha seminar-trening oʻtkazdi

12:48 13 Noyabr 2020 Jamiyat
1177 0

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Edelveys” majmuasida jurnalistlar va blogerlar uchun «Data-jurnalistika va maʼlumotlar vizualizatsiyasi: amaliyot» mavzusida media trening tashkil etildi.

Maʼlumki, maʼlumotlar jurnalistikasi Oʻzbekistonda hali chuqur oʻrganilmagan yangi yoʻnalish sanaladi. Bu nafaqat xabar yozishda, balki tahliliy materiallar tayyorlashda, ayniqsa, jurnalistik surishtiruvlarda muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatdir. Ikki kunlik seminarda Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi trenerlari Hotam Abduraimov hamda Emil Faxreyev OAV xodimlariga mavzu yuzasidan nazariy va amaliy mashgʻulot oʻtkazdi.

Boshlangʻich sessiyada ishtirokchilar trening maqsadi va vazifalari bilan tanishtirildi, trening mavzusi yuzasidan kichik muhokama oʻtkazildi. Workshop mobaynida Germaniyadagi data-jurnalistika boʻyicha taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, Konrad Adenauyer fondining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Ronn Xayne hamda Leypsigdagi “Firmenvideos Online” firmasi taʼsischisi va ish boshqaruvchisi Rene Falkner onlayn muloqot orqali jurnalistlarga Yevropa data-jurnalistikasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Jurnalist va blogerlar trening mobaynida gipotezalarni shakllantirish, maʼlumotlar bilan ishlash va vizualizatsiya qilishda nazariy maʼlumotlar olish bilan birga zamonaviy kompyuter dasturlarida ularni amaliyotda qoʻllashni oʻrgandi.

Ikki kunlik maxsus seminar soʻnggida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan ishtirokchilarga Sertifikatlar topshirildi.

Yulduz OʻRMONOVA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?