JSST spirtli va gazlangan ichimliklardan oʻlim holatlarini kamaytirishga doir tavsiya berdi

15:56 06 Dekabr 2023 Dunyo
223 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, har yili dunyo boʻyicha 2,6 million kishi spirtli ichimliklar asoratlari, 8 milliondan ortiq inson esa notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida hayotdan koʻz yumadi.

Hozir kamida 148 mamlakatda alkogol mahsulotlariga milliy aksiz soligʻi joriy qilingan. 22 davlatda esa vino ichimligi bunday soliqdanozod. Ularning aksariyati Yevropa mintaqasida joylashgan.

Oʻz navbatida, 108 ta davlat gazlangan shirin ichimliklarning ayrim turlariga soliq joriy qilgan. Ammo bu koʻrsatkich yetarli emas.

Vaholanki, 2017-yili oʻtkazilgan tadqiqot natijasida JSST alkogol narxini 50 foizga oshirish 50 yil ichida 21 milliondan ortiq oʻlimning oldini olib, mamlakatlar byudjetiga qariyb 17 trillion dollar qoʻshimcha daromad keltirishini hisob-kitob qilgandi.

Qolaversa, spirtli mahsulotlarning soliqlar hisobiga qimmatlashishi yoʻl-transport hodisalari, zoʻravonlik va oilaviy ajrimlar soni kamayishida ham muhim oʻrin tutadi.

Shu sababli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti aʼzo davlatlarga alkogol va gazlangan shirin ichimliklar uchun aksiz soliqlar qiymatini oshirishni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?