JSST salomatligi tufayli samolyotda uchishga ruxsat etilmaydigan yoʻlovchilar roʻyxatini eʼlon qildi

11:57 17 Iyul 2023 Dunyo
608 0

Samolyot — tezkor va qulay transport vositasi. Ammo undan foydalanish uchun barchaning ham salomatlik koʻrsatkichlari mos kelavermaydi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti salomatligi tufayli havo layneri bortiga chiqishiga ruxsat etilmaydigan yoʻlovchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

“Aviakompaniyalar ogʻir ahvoldagi yoki parvoz chogʻida sogʻligʻi yomonlashishi mumkin boʻlgan baʼzi yoʻlovchilarni samolyotga chiqarishdan bosh tortish huquqiga ega”, — deyiladi JSST hujjatida.

Ular quyidagilar:

— tugʻilganiga 48 soat toʻlmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) chaqaloqlar;

— homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida boʻlgan ayollar (koʻp homiladorlik uchun bu koʻrsatkich 32 haftaga teng)

— stenokardiya va koʻkrak qafasidagi ogʻriq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar;

— yaqinda infarkt yoki insultni boshdan kechirganlar;

— tanada havo yoki gaz toʻplanishi mumkin boʻlgan jarohatlari bor va yaqinda oshqozon, ichak, koʻz, yuz yoki bosh miya operatsiyalarini oʻtkazganlar;

— nafas olish tizimi bilan bogʻliq oʻtkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat chekuvchilar;

— pnevmoniya tashxisi qoʻyilganlar;

— tinch holatda nafas qisishi xuruj qiluvchilar;

— oʻroqsimon hujayrali anemiyaga chalinganlar;

— pnevmotoraks (oʻpka teshilishi) aniqlanganlar;

— quloq infeksiyasi bor bemorlar;

— dekompressiya kasalligi bilan ogʻriganlar;

— bosh miyada bosim oshishidan (qon ketishi, jarohatlar yoki infeksiya tufayli) qiynaladigan kishilar.

— Ekspertlarning qoʻshimcha qilishicha, bu roʻyxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanishi ham mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер