Joriy yilda har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori oʻrinbosari Sherzod Mirkomilov maʼlum qildi.
Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagi yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish rejalashtirilgan:
— 2023-yil hosili uchun asosiy maydonlari 3,2 mln gektar;
— takroriy maydonlari 783 ming gektar;
— bogʻ-tok qator oralari 140 ming gektar;
— dala chetlari 34,6 ming gektar;
— lalmi yerlar 373 ming gektar.
2023-yil 15-apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlarga loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etilmoqda, unga koʻra:
Tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yoʻnalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali "Agroservis operator» DUKga yetkaziladi.
Bunda:
Agentlik “Agroservis operator” DUK bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishloq, xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi.
Oziq-ovqat va qishloq, xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi.
“Agroservis operator” DUK mazkur mablagʻlar hisobidan intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar; laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash,
10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablagʻlar:
— milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSH dollariga nisbatan oʻzbek soʻmining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan qoplanadi;
— xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qoʻshilgan holda taqdim etiladi.
2023-yil 1-iyunga qadar paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʻrsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum va oʻsimlik yogʻi tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.
Vazirlik mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jahon bankning “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb qilingan 130 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltiradi.
Ushbu tizim orqali moliyalashtiriladigan loyihalar tijorat banklari ishtirokisiz amalga oshiriladi hamda garov taʼminoti talab etilmaydi.
Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.
2023-yil har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring