Jondorlik qulupnaychi Buxoro viloyati hokimiga maslahatchi boʻldi
Foto: “Xalq soʻzi”
Istam Ibrohimov/“Xalq soʻzi”. Jondor tumanidagi Iftixor qishlogʻida yashovchi Ogʻabek Ostonovning issiqxona xoʻjaligi faoliyati bilan tanishgan kishining koʻnglidan “Qalovini topsa qor yonadi” degan naql oʻtishi tayin. Gap shundaki, bundan uch yilcha avval shunchaki qiziqish yuzasidan qishki mavsumda ikki sotix yerda qulupnay yetishtirgan intiluvchan yigit bugun 12 nafar yoshning bandligini taʼminlagan butun boshli issiqxona xoʻjaligi sohibi hisoblanadi.
— Ish faoliyatim bilan yaqindan tanishgan tuman hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tuman Xalq qabulxonasi va Poʻloti mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari menga yordam qoʻlini choʻzishdi, — deydi Ogʻabek Ostonov. — Natijada 50 sotix yerda zamonaviy issiqxona xoʻjaligi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻldik. Qulupnay gidroponika usulida yetishtiryapmiz. 38 ming tup qulupnay koʻchati ekkanmiz. Ayni paytda uning har kilosini koʻtarasiga 120-150 ming soʻmdan sotyapmiz.
Ogʻabekning taʼkidlashicha, Janubiy Koreyadan keltirilgan qulupnay navi serhosil саналади.Унинг har tupidan bir kilogrammgacha hosil olish mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, omilkorlik bilan ishlansa, shu 50 sotixli issiqxonadan 1,5 milliard soʻmgacha daromad qilish imkoni bor.
Aytmoqchi, yaqinda viloyat hokimi B. Zaripov mazkur issiqxonada boʻlib, Ogʻabekning ish faoliyati bilan tanishdi. Tabiiyki, toʻplangan tajribani ommalashtirish, ixcham issiqxonalar vositasida qishloq odamlari daromad manbalarini koʻpaytirish haqida ham soʻz bordi. Pirovardida hokim O. Ostonovni tajriba tariqasida qulupnaychilik boʻyicha oʻziga maslahatchi etib tayinladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring