Jo Baydenni qayta saylanishdan bosh tortishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

17:33 22 Iyul 2024 Dunyo
266 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden ikki nafar eng yaqin maslahatchisi bilan uchrashuvdan soʻng qayta saylanishdan voz kechishga qaror qilgan. Bu haqda «Politico» oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Bayden kecha ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi. U oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni magʻlub etish, unga Baydenni yengishdan koʻra ancha oson boʻlishini taʼkidladi.

Nashrning yozishicha, shanba kuni ertalab Bayden oʻz shtab-kvartirasiga saylov kampaniyasi qizgʻin pallada ekanini aytgan. U ikki nafar eng yaqin yordamchisi bilan uzoq suhbatdan keyin oʻz pozitsiyasini oʻzgartirdi. Manbalarga koʻra, Mayk Donilon va Stiv Rikchetti Baydenning Delaverdagi uyiga kelishgan. U yerda COVID-19 bilan kasallangan prezident oʻzini izolyatsiya qilgan. Donilon Baydenning bosh siyosiy strategi va spichrayteri hisoblanadi.

Donilon va Rikchetti Baydenga uning toʻxtab qolgan mablagʻ yigʻish kampaniyasi haqida maʼlumot berishgan va noyabrdagi saylovlarda gʻalaba qozonishning iloji yoʻqligini koʻrsatadigan oʻzlarining soʻrov maʼlumotlarini taqdim etishgan. Fikr almashish chogʻida Bayden bir qancha savollar bergan.

«The Wall Street Journal»ning yozishicha, aynan Donilon va Rikchetti Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qiluvchi bayonot tayyorlashga yordam bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?