Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQSHga taklif qildi

18:20 18 Avgust 2023 Siyosat
1265 0

Forbes nashriga ko‘ra, 11 avgust kuni yuborilgan maktubda AQSH prezidenti Bayden O‘zbekiston rahbarini Nyu-Yorkda BMT bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo va AQSH davlat rahbarlarining (CA5+1) sammitiga taklif etgan.

"O‘tgan bir yil davomida biz savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy muammolarni hal etishda hamkorlik qilish kabi hamkorlikni yangi bosqichlarga ko‘tardik. AQSH Sizning siyosiy va iqtisodiy islohotlaringizni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi", — deyiladi maktubda.

Shuningdek, maktubda Saida Mirziyoyevaning joriy yil boshida Oq uyga tashrifi ham tilga olingan hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangani, gender tengligi yo‘lida qilinayotgan ishlar e’tirof etilgan.

BMT bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo va AQSH davlat rahbarlarining (CA5+1) sammiti 19 yoki 20 sentyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер