Jizzaxda “Yangi nafas” marafoni yuksak koʻtarinkilikda oʻtdi

15:03 26 Iyun 2022 Jamiyat
1492 0

Foto: Xalq so‘zi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida boʻlib oʻtgan “Yangi nafas” marafonida Jizzax shahridan 2 mingdan ziyod ishtirokchilar uch kilometr masofani bosib oʻtdilar.

— Yuksak koʻtarinkilikda oʻtkazilgan marafon ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, turli yoshdagi insonlarni keng qamrab olgani bilan ahamiyatlidir, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilshod Xudoyshukurov. — Bunday tadbirlar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush koʻnikmalarini ommalashtirish barobarida elu yurt manfaati yoʻlida bir maqsad sari intilish hissini kuchaytirishga, yoshlarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Marafonda davlat fuqarolik xizmatchilari, xususiy sektor vakillari va tadbirkorlar, umumtaʼlim va sport maktablari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari, keng jamoatchilik vakillari va imkoniyati cheklangan insonlar ishtirok etdi. Eng yosh va eng yoshi ulugʻ ishtirokchilar hamda boshqa oʻnlab nominatsiya gʻoliblari, sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tolibjon ERGASHEV,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?