Jizzaxda “Mahoratli oʻqituvchi — millat tayanchi” shiori ostida IV “Ustozlar milliy forumi” oʻtkazildi

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda taʼlim tizimi xodimlari uchun muhim voqea — “Mahoratli oʻqituvchi — millat tayanchi” shiori ostidagi IV “Ustozlar milliy forumi” boʻlib oʻtdi.
Unda viloyatning barcha shahar hamda tumanlaridan tashrif buyurgan 220 nafardan ziyod eng ilgʻor, tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan tarbiyachi, oʻqituvchi va pedagoglar ishtirok etdi.
Forumda taʼlim mazmunini takomillashtirish, yangi oʻquv rejalari va dasturlarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilgʻor metodikalar hamda tadqiqotga asoslangan oʻqitish usullari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar yangi oʻquv-metodik majmualar bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda qatnashdilar. Shuningdek, oʻquvchilarning qiziqish va ehtiyojlariga moslashtirilgan darslar tuzish, ularning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha samarali usullar bilan tanishishdi.
Jizzax forumining oʻziga xos jihati — tadbirning nafaqat umumiy maʼruzalar bilan, balki har bir yoʻnalish boʻyicha alohida shoʻbalarda amaliy mashgʻulotlar tarzida oʻtkazilganidir. Maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim, fan yoʻnalishlari, shuningdek, darsliklar va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga qaratilgan maxsus sessiyalar qatnashchilarning oʻz yoʻnalishiga doir muammo va yechimlarini oʻrinli muhokama qilish imkonini berdi.
Taʼlim sohasidagi islohotlarni mahalliy sharoitga moslashtirish, ilgʻor tajribani amaliyotga tatbiq etish va ustozlar oʻrtasida samarali hamkorlik muhitini yaratish — jizzaxlik ustozlar forumning boshqa viloyatlarda oʻtkazilgan tadbirlardan asosiy farqli jihati boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring