Jizzaxda 110 ming dollar imtiyozli kredit mablagʻi talon-toroj qilindi
Jizzax, Andijon, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. u haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “Э.Б.” fermer xoʻjaligi rahbari М.Й. va boshqalar hududiy tijorat bankidan ajratilgan 110 ming dollar miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan jami 40 bosh naslli chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Departamentning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT Ф.Й. va boshqalar hududiy tijorat bankidan trikotaj ishlab chiqarish maqsadida ajratilgan kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan jihozlarni naqd pulga sotib yuborib, trikotaj ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻymasdan, 434,8 million soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani maʼlum boʻlgan.
Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “А.К.” va “А.Т.” MCHJ masʼul shaxslari hududiy tijorat bankidan 9 nafar fuqaroga tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida texnika mahsulotlarini yetkazib bermasdan, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 323 million soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Fargʻona viloyati Furqat tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa Furqat bank xizmatlari markazi sobiq rahbari Д.М. va boshqalar 5 nafar fuqaro nomidan ularning xabardorligisiz “Ф.Б.” va “Т.I.” MCHJ hamda boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan soxta shartnomalar tuzish orqali 132,3 million soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring