Jizzax oʻzbek jang sanʼati musobaqasiga mezbonlik qildi

11:58 23 Sentyabr 2024 Jamiyat
165 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzaxdagi “Jizzakh cyber arena” majmuasi ikki kun mobaynida milliy sport turlari sirasiga kirgan oʻzbek jang sanʼati boʻyicha Respublika kubogi bahslariga mezbonlik qildi.

Bellashuvlarda mamlakatimizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 800 nafardan ziyod sportchilar “Mergan chavandoz“, “Mergan sportchi“ hamda “Temuriylar bellashuvi“ yoʻnalishlari boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Jizzaxlik Anvar Nuraliyev, Muhammadali Umrqulov singari tajribali murabbiylarning musobaqaga har tomonlama puxta hozirlik koʻrgan shogirdlari umumjamoa hisobida bosh sovrin egasiga aylanishdi. Toshkent viloyati hamda poytaxtlik oʻzbek jang sanʼati ustalari esa shohsupaning ikkinchi va uchinchi pogʻonasini band etishdi.

Endi mahoratli sportchilardan tarkib topgan terma jamoamiz aʼzolari joriy yilning 2-4-noyabr kunlari Toshkent shahri mezbonligida yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida oʻtadigan jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?