Jiyanlariga jinsiy zoʻravonlik qilgan erkak ushlandi
Joriy yilning 6-iyun kuni Bolalar ombudsmaniga 2000-yilda tugʻilgan А.А. (ayol) dan murojaat kelib tushdi, deya yozmoqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Qayd qilinishicha, murojaatda ota-onasi vafot etgani, shundan keyin, 2006-yilda va 2012-yilda tugʻilgan singillari Qozogʻistonda yashovchi amakisiga vasiylikka berilganini maʼlum qilgan.
Ayolning aytishicha, amakisi singillariga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan. Shu sababli, amakisiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni hamda singillarini Oʻzbekistonga qaytarib, oʻzini qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam soʻragan.
Xabarga koʻra, ikki davlatning mutasaddi idoralari hamkorligida 8-iyun kuni erkak Qozogʻiston politsiyasi tomonidan ushlangan. Voyaga yetmagan qizlar Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirilgan, ularga ijtimoiy-psixologik koʻmak koʻrsatilayotgani taʼkidlanmoqda.
Erkakka nisbatan Qozogʻiston Jinoyat kodeksi 121-moddasi (Jinsiy xarakterdagi zoʻravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmani, IIV va TIV tomonidan voyaga yetmagan qizlarni Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring