Janubiy Koreyaning Puchon universiteti bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi

05:34 02 Aprel 2023 Siyosat
404 0

Joriy yilning 29-mart kuni Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Koreya Respublikasi Puchon universiteti prezidenti Xan Djong Sok boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, Puchon universitetning “Aviatsiya xizmati” fakultetida “Uzbekistan airways” AJ bort kuzatuvchilari malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq jihatlar koʻrib chiqildi.

Uchrashuv davomida universitet vakillari “Aviatsiya xizmati” fakultetining faoliyati yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, “Yetakchi aviakompaniyalar bort kuzatuvchilari malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etish” loyihasi yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?