Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.
Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentining harakati hamda qarorlari konstitutsiya, qonun ustuvorligi hamda demokratiya tamoyillarini buzganini aytib oʻtgan.
Maʼlumki, 2024-yilning dekabr oyida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga uringan edi. Shundan soʻng mamlakat parlamenti prezidentni davlatda isyon koʻtarishda ayblab, unga nisbatan impichment eʼlon qilgan hamda vazifasidan chetlatilgan, biroq Yun Sok Yol rasman Janubiy Koreya prezidenti boʻlib qolgan. Prezidentni oʻz lavozimidan toʻliq chetlatish uchun Konstitutsiyaviy sudning qarori kerak boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, Yun Sok Yol isyonga urinish ayblovlarini rad etgan va eʼlon qilgan harbiy holat toʻgʻrisidagi qarori davlatni muxolifatdan himoya qilish uchun qabul qilinganini maʼlum qilgan. Prezidentning advokatlari Konstitutsiyaviy suddagi ish noqonuniy koʻrib chiqilganligi hamda qaror adolatsiz qabul qilinganligini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida sud prezident Yun Sok Yolni hibsdan ozod qilib, unga qarshi hibsga olish orderini bekor qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring