Jamshid Xoʻjayev boshqa vazirlikka oʻtkazildi
Foto: Xalqaro press-klub
Tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xoʻjayev endi Qishloq xoʻjaligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi. Bu xabarni “Xalq soʻzi“ manbalari tasdiqladi.
Xoʻjayev bu lavozimga avvalgi vazir Bahodir Yusupov oʻrniga tayinlangan.
Oldinroq, xabar berganimizdek, Xoʻjayevning oʻrniga Tashqi savdo vaziri etib, “Oʻzcharmsanoat“ uyushmasi raisi sifatida ishlab kelgan Sardor Umurzoqov tayinlangan.
Jamshid Abduhakimovich Xoʻjayev 1979 yilda tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamgʻarmasi stipendianti. 2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yoʻnalishi magistranti. Oʻz mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. 2017 yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring