Fargʻona davlat universiteti dunyoning eng barqaror universitetlari safidan oʻrin oldi
2025-yilgi UI GreenMetric World University Rankings natijalariga koʻra Fargʻona davlat universiteti dunyoning eng barqaror oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi. Reytingda 105 davlatdan 1 745 ta universitet ishtirok etgan boʻlib, Fargʻona davlat universiteti jahon miqyosida 327-oʻrinni egalladi.
Xalqaro koʻrsatkichlar kesimida universitet “Energiya va iqlim oʻzgarishi” yoʻnalishida 36-oʻrinni, “Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar” yoʻnalishida esa 79-oʻrinni qayd etdi. Mazkur natijalar FarDUning ekologik barqarorlik, ilmiy salohiyat va taʼlim sifati boʻyicha olib borayotgan izchil siyosatini tasdiqlaydi.
Shuningdek, Oʻzbekiston boʻyicha UI GreenMetric reytingiga kiritilgan 79 ta oliy taʼlim muassasasi orasida Fargʻona davlat universiteti umumiy natijalarga koʻra 2-oʻrinni egalladi. Milliy reytingda “Energiya va iqlim oʻzgarishi” yoʻnalishida 1-oʻrin, “Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar” yoʻnalishida esa 2-oʻrin universitet hissasiga toʻgʻri keldi.
Taʼkidlash joiz, mazkur yutuqlar Fargʻona davlat universitetida barqaror rivojlanishga qaratilgan strategiya, iqlim oʻzgarishiga qarshi amaliy choralar, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda “yashil kampus” infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy natijasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring