“Bashakshehir”ning 7,5 millionlik xaridi turk futbolidagi eng bahsli transferlardan biri sifatida baholanmoqda
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev turk futbol jamoatchiligi orasida turli bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda.
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya futbolining faol muxlislari tomonidan Fayzullayevning oʻyiniga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirildi. Kecha esa “Aksu TV” nomi bilan tanilgan turkiyalik futbol blogeri Ridvan Aksu ham futbolchi haqida salbiy munosabat bildirdi.
“Bashakshehir” klubining Abbosbek Fayzullayevni 7,5 million yevroga xarid qilishi Turkiya futboli tarixidagi eng bahsli transferlardan biriga aylandi”, — deb yozdi Aksu oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” tarkibida barcha musobaqalarda jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan. Klubning unga boʻlgan katta ishonchi va transfer summasi futbolchining oʻyini atrofidagi muhokamalarni yanada kuchaytirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring