Jamshid Xodjayev Fransiya savdo vazirligi rahbariyati va bir qator yirik fransuz kompaniyalari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi
Joriy yilning 18-noyabr kuni Fransiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Fransiya savdo vazirligi rahbariyati va bir qator yirik fransuz kompaniyalari bilan savdo – iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning joriy holati va uni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bagʻishlangan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Jumladan, Fransiya Respublikasi savdo boʻyicha vazir-delegat Oliver Besht bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati, shuningdek, energetika, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, geologiya va boshqa sohalardagi yirik loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi. Metall, kimyoviy mahsulotlar, shisha, toʻqimachilik, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni, shu jumladan GSP+ tizimining qulaylik va imtiyozlaridan foydalangan holda yetkazib berish boʻyicha oʻzaro savdo nomenklaturasini kengaytirishga kelishib olindi.
Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) Bosh direktori Remi Riu bilan suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning yuqori dinamikasi qayd etildi. FTAning PROPARCO vaExpertise France boʻlinmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.
EDF kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistonning Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi joriy loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Kompaniya vakillari Toshkent va Navoiy viloyatlarida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish sohasida jami quvvati 1250 MVt boʻlgan yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini yanada ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdilar.
“SUEZ” direktorlar Kengashi raisi Sabrina Sussan bilan uchrashuvda Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari toʻxtalib, bunda kompaniya tajribasini Oʻzbekistonning boshqa hududlarida suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirishga kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Kompaniyaning shaharlarda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qattiq chiqindilarni boshqarish loyihalarida ishtirok etishini nazarda tutgan holda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Shuningdek, “EIFFAGE” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Yakkabogʻ - Qarshi yoʻnalishi boʻyicha magistral suv quvurini oʻtkazish loyihasi muhokama qilindi. Quvurning uzunligi 82 km, suvni saqlash uchun 4 ta suv havzasi mavjud. Tomonlar loyihani jadal amalga oshirish choralarini koʻrishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring