Jamiyat va davlat manfaatlariga 3 tumanda deyarli 700 million soʻmlik zarar yetkazildi

13:52 10 Dekabr 2024 Jamiyat
172 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻston tumani boʻlimi va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda “E.O.” fermer xoʻjaligi rahbari D.E. va boshqalar xoʻjalik yer maydonlarini sugʻorish uchun suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 310,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Yangiqoʻrgʻon” MFY hududidagi “X-X.” xususiy korxonasi rahbari J.X. elektr qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 259,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Shabbaz” OFY hududidagi xonadonda yashovchi fuqaro S.Yu. oʻz uyida gaz hisoblagich uskunasidan tashqari gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 129,4 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?