Jadidchilik faoli — Ismoil Gasprali ilmiy merosi targ‘ib etiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida jadidchilik harakati, yangi usul maktablari va ma’rifatparvarlikka katta hissa qo‘shgan nashrlar haqida ekspozitsiya tashkil etiladi. Unda Turkiston diyoridagi ilk islohotchi maktablar, ularning taraqqiyotdagi o‘rni va o‘sha davrdagi matbuot manbalariga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.
Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Jadidchilik harakatining yirik vakili Ismoil Gasprali barcha musulmon xalqlari maorifini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U Boqchasaroyda ilk “usuli jadid” maktabini ochib, yangi ta’lim uslubini joriy etgan. Shuningdek, u Buxoro, Samarqand va Toshkentda bo‘lib, mahalliy ziyolilar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan va islohotlarni amalga oshirish uchun faol harakat qilgan.
Gasprali 1883-yildan boshlab “Tarjimon”, “Millat”, “Uyg‘onish” va “Ayollar olami” kabi gazeta va jurnallarni chop etishda tashabbuskor bo‘lgan. Gazetalar butun Turkiston ziyolilari uchun ma’rifat manbaiga aylangan, uning sahifalarida jadidlarning eng muhim g‘oyalari yoritilgan.
Ayni vaqtda Islom sivilizatsiyasi markazi “Tarjimon” gazetasining faksimile nashrini tayyorlash ustida ish olib bormoqda. Ekspozitsiyada Ismoil Gasprali hayoti, uning ma’rifatparvarlikka qo‘shgan hissasi va “Tarjimon” gazetasining tarixiy nusxalari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring