Zelenskiyning Saudiyaga tashrifi, AQSHdan yangi sanksiya va Hizbulloh qoʻmondoni oʻlimi (+video)

16:09 13 Iyun 2024 Dunyo
447 0

Assalomu alaykum, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea va hodisalarning qisqacha sharhi “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining tahliliy-informatsion dasturida

Ukraina muhokamasi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 12-iyun kuni Budapeshtda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi. Tashkilot kotibi Vengriya NATOning Ukraina boʻyicha harakatlarida ishtirok etmaslik pozitsiyasini qabul qilgan. Shunday qilib, Vengriya alyansning Kiyevga harbiy yordamini bloklamaslikka rozi ammo yordam bermaydi.

“Hech bir Vengriya xodimi bu tadbirlarda ishtirok etmaydi va Kiyevni qoʻllash uchun mamlakat mablagʻi ishlatilmaydi”, degan Stoltenberg.

Shuningdek, kotib Budapesht NATO boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishda davom etishini taʼkidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Yevropa Ittifoqi yetakchilaridan eng yaqini sifatida koʻrilgan Orban ittifoqning Kiyevni qurol-yarogʻ va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashiga toʻsqinlik qilib kelayotgan edi.

Joriy yilda Stoltenberg NATO Kiyevga uzoq muddatli qurol-yarogʻ yetkazib berishni kafolatlash va ularni toʻlash uchun 100 milliard yevro jamgʻarma tashkil etishga intilayotganini eʼlon qilgan. Harbiy alyans 2022-yil fevralidan buyon Ukrainaga har yili taxminan 40 milliard yevro ajratib kelmoqda.

Qoʻshma Shtatlar kelasi oy Vashingtonda sammit oʻtkazishni reja qilmoqda. Unda NATOga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar Ukraina armiyasiga uzoq muddatli yordam va harbiy tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yoʻl xaritasini kelishib olishlari mumkin.

Tashkilot yigʻilishida maʼlum boʻlishicha, NATO davlatlari Ukraina alyansga qoʻshilishi uchun harbiy mojaroda gʻalaba qozonishi kerakligini aytishmoqda. Kiyevga qurol yetkazib berish esa ittifoq davlatlari uchun majburiy holga aylanadi.

Shuningdek, G7 davlatlari Rossiya aktivlaridan foydalangan holda yil oxirigacha 50 milliard dollar yigʻib berishga kelishib olishgan.

Zelenskiyning Saudiya Arabistoniga bordi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12-iyun kuni kutilmagan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Uni Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon va bir qancha rasmiy shaxslar kutib olgan. Zelenskiyning muhokama mavzusi haqida hozircha aniq maʼlumot yoʻq.

“Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon al Saud bilan mazmunli va samarali uchrashuv oʻtkazdik”, — degan president.

Saudiya Arabistoni Rossiya—Ukraina munosabatlarida yetakchi mamlakat sifatida koʻriladi.

AQSH Rossiyaga sanksiya kiritdi

AQSH Moliya vazirligining yangi sanksiyalar roʻyxatidan jami 300 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar joy oldi. Ulardan 90 ga yaqini sanksiyalarni chetlab oʻtishga yordam bergani uchun roʻyxatga kiritilgan.

Jumladan, Rossiya, Belarus, Britaniya Virjiniya orollari, Bolgariya, Qozogʻiston, Serbiya, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Afrika, Turkiya va BAA kompaniyalaridir.

Moskva birjasi 13-iyundan dollar va yevro bilan savdo qilishni toʻxtatadi. Bu haqdagi xabar 12-iyun kuni birjaning rasmiy saytida eʼlon qilindi. Qimmatbaho metallar va fond bozorlarida AQSH va Yevropa valyutalari bilan savdo qilish ham toʻxtatiladi. Tahlilchilar fikriga koʻra, bunday cheklovlar Rossiyani Xitoy yuaniga koʻproq bogʻlab qoʻyadi.

Hizbulloh qoʻmondonining oʻlimi

“Hizbulloh” Isroilga katta hajmda raketa zarbasini yoʻlladi. Bu Livan — Isroil chegarasidagi chigallikni oshirishi mumkin.

“The Times of Israel” nashriga koʻra, bugun kun boʻyi davomida guruh tomonidan Isroil tarafga kamida 170 ta raketa zarbasi uchirilgan. Zarit hududiga 10 ta raketa kelib tushgan, ularning bir qismi havo hujumi tizimi tomonidan tutib qolingan.

Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi aytiladigan “Hizbulloh” va Isroil oktyabr oyida Gʻazo urushi boshlanganidan beri jangovar harakatlarni doimiy ravishda kuchaytirib kelayotgan edi. Seshanba kuni kechki payt Isroil kuchlarining Livan janubidagi Jouya qishlogʻiga uyushtirgan zarbasi oqibatida “Hizbulloh”ning yuqori martabali dala qoʻmondoni halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?