Zarafshon perinatal markazi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi
Foto: Zarafshon shahar hokimligi Matbuot xizmati
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizdagi ilmiy markaz va respublika klinikalarining tajribali shifokorlari hududlarga safarbar etilib, olis hududlardagi tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich eng ilgʻor tibbiy texnikalar bilan jihozlanmoqda.
Xususan, Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi tibbiyot markazida buyrak koʻchirish va boshqa bir qator murakkab jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgandi. Shuningdek, shaharda mintaqaviy skrining markazi faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi Qizilqumning chekka ovullarida istiqomat qilayotgan ayollarning uzogʻini yaqin qildi.
— Prezidentimizning 2023-yil 8-sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tugʻma hamda irsiy kasalliklarni erta perinatal va neonatal davrda aniqlash, bolalar oʻlimi va tugʻma nogironlikni kamaytirish, tugʻma va irsiy kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olishda yangi davrni boshlab berdi, — deydi Zarafshon shahar tumanlararo perinatal markazi boʻlimi boshligʻi Shohida Hotamova. — Ushbu qarorda onalik va bolalikni muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish bilan birga bepushtlikning oldini olish choralari boʻyicha ham bir qator tadbirlar belgilangan.
Yaqinda tibbiy xizmat samaradorligini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish maqsadida Zarafshon shahar tumanlararo perinatal markaziga muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarni parvarishlash, reabilitatsiya qilishda juda ham muhim tibbiy texnika vositalari keltirilib, ishga tushirildi. Ular yordamida ogʻir ahvolda tugʻilgan chaqaloqlar jonlantirilib, muddatidan avval tugʻilgan chaqaloqlar uchun issiqlik va namlikni zarur meʼyorda ushlab turish taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring