“Zarafshon” gazetasining 110-yilligi hamda “Самаркандский вестник” gazetasining 105-yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tadbirni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Abdusaid Koʻchimov olib bordi.
Unda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektori Sherzodxon Qudratxoʻja soʻzga chiqib, gazetalarning jamiyatdagi ahamiyati, Samarqand jurnalistika maktabi va uning respublikamizdagi oʻrni xususida gapirdi.
Tadbir doirasida jurnalistlar oʻrtasida tashkil etilgan shaxmat musobaqasida, ishtirok etganlarga va gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, Samarqand matbuotida yangilik yuz berdi. Viloyatda chop etiladigan “Zarafshon” gazetasining chiqa boshlagan vaqti oʻzgardi, yaʼni bu kun mashhur maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy noshirligi va muharrirligida chop etilgan “Samarqand” gazetasining birinchi soni dunyo yuzini koʻrgan kunga (1913-yil aprel) tenglashtirildi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring