Zaif eshituvchi bolalar Davlat hisobidan qoʻshimcha 2 000 ta raqamli eshitish moslamasi bilan taʼminlanadi
Prezidentimizning “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida qayd etilganidek, 2024 yildan boshlab:
— Audioskrining natijasi boʻyicha aniqlangan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari:
— Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining vaqtincha qisqartiriladigan oʻrin-joylari va shtat birliklari hisobidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari qabul-diagnostika boʻlimida tunu kun xizmat koʻrsatadigan qoʻshimcha otorinolaringolog va yuz-jagʻ jarrohi shtat birliklari kiritiladi.
Shuningdek:
— Sogʻliqni saqlash vazirligi tegishli vazirliklar bilan birgalikda otorinolaringologiya boʻyicha ambulator va statsionar sharoitda yordam koʻrsatuvchi davlat tibbiyot muassasalari uchun shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish hamda kelgusida ehtiyojdan kelib chiqib ularga oʻzgartirishlar kiritib borishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring