«Yuventus» klubining 11 nafar sobiq rahbari diskvalifikatsiya qilindi
Illyustrativ foto
Federal apellyatsiya sudi prokurorning Italiya futbol federatsiyasining Turinning «Yuventus» klubiga qarshi moliyaviy firibgarlik boʻyicha ishni qayta ochish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.
Natijada jamoa Italiya chempionatining joriy mavsumida 15 ochko bilan jarimaga tortildi. Shu tariqa, Turin klubi A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrindan 11-oʻringa tushib ketadi.
Shuningdek, klubning sobiq rahbariyatidan 11 nafari diskvalifikatsiya qilindi. Xususan, klubning sobiq direktori Fabio Paratichiga 30, sobiq direktor Mauritsio Arrivabene va sobiq prezident Andrea Anellining har biriga 24, sobiq direktorlar Paolo Garimberti va Pavel Nedved 8 oy diskvalifikatsiya jazosi tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, Anelli boshchiligidagi sobiq direktorlar kengashi noyabr oyi oxirida isteʼfoga chiqqan edi.
Klub sarmoyaviy daromad olish uchun transfer summalarini oshirgani uchun tergovga tortilgan. Tergovchilar klubning 2018-2020-yillar uchun moliyaviy hisobotini oʻrganishdi. Turin prokuraturasi 2020-yilning toʻrt oylik maoshlari bilan bogʻliq vaziyatni ham oʻrganib chiqdi.
«Yuventus» Italiya chempionatining 19-turida «Atalanta» bilan oʻz maydonida bahs olib boradi. Uchrashuv 22-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring