“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 21-noyabr kuni Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishi [F-60-son] qabul qilindi.
Farmoyish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi tasdiqlandi.
Joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi, jumladan:
• yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat kabi ezgu gʻoyalarning amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻz aksini topayotganini koʻrsatib berish;
• “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;
• Konstitutsiya bayrami arafasida taʼlim tashkilotlarida Konstitutsiya darslarini atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar va xodimlari ishtirokida oʻtkazish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring