Yurtimizda bolalar suyak koʻmigi transplantatsiyasi joriy etiladi

13:07 23 Yanvar 2024 Jamiyat
391 0

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra:

pediatriyaning barcha yoʻnalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya boʻyicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, jumladan, bolalar xirurgiyasidagi — neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda:

— har yili 3 ming nafargacha bolada tugʻma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik oʻzgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) boʻyicha jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish;

— yiliga kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) toʻplamlarini qoʻllagan holda skolioz va umurtqa pogʻonasining boshqa patologiyasi boʻyicha jarrohlik operatsiyalarini bajarish;

— suyak koʻmigi transplantatsiyasi amaliyotini joriy etish koʻzda tutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?