Yuqorida ishlaydigan tanishlari yordamida “prava” olib bermoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga tushdi
Navoiy viloyatida fuqaroga yuqorida ishlovchi tanishlari borligini aytib, uning ishonchiga kirib haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.Sh. fuqaro F.Gʻ.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, evaziga 1 200 AQSH dollari soʻragan. Fuqaro T.Sh. 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. fuqaro B.Sh.ning ishonchiga kirib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring