Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 15-noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;
ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga oʻz biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:
▪️tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi;
▪️mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi asosida 225 million soʻmgacha mikrokreditlar ajratiladi.
Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
Qarorga koʻra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadlariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻ ajratiladi.
2022-yil 1-yanvardan Tadbirkorlikka oʻqitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.
2021-yil 1-yanvarga qadar “Mikrokreditbank” ATBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʻyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xususan, ularni oʻqitish, mikrokredit ajratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring