Yoshlar festivali bugun Navoiy shahrida qiziqarli loyihalar bilan davom etadi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz xaritasida Toʻdakoʻl suv ombori oʻtgan asrning 60- yillarida paydo boʻlib, inshootdan shu paytga qadar faqat sugʻorish maqsadlaridagina foydalanilgan.
Davlatimiz rahbarining Navoiy viloyatiga qilgan tashriflaridan birida ushbu koʻl atrofida ichki va tashqi sayyohlar uchun dam olish maskanlari barpo etish hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi topshiriqlaridan soʻng keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, biri-biridan shinam manzillar barpo etildi.
Koʻl sohilida “Mironshoh chorbogʻi” fermer xoʻjaligi tomonidan asos solingan zamonaviy dam olish maskani hamda “Silk Road Family Resort” sayyohlik plyaj zonasi shulardan boʻlib, bugun ushbu maskanlar respublika miqyosidagi yirik turnirga mezbonlik qilmoqda.
Prezidentimizning “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadi hamda Yoshlar oyligi doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning shaxmat turi boʻyicha oʻtkazilayotgan ushbu turnir besh bosqich - mahallalar, sektorlar, tuman(shahar) va viloyat bosqichlarida oʻtkazilib, ularda jami 300 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Ushbu bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 56 nafar shaxmatchi final bosqichida oʻz salohiyatlarini namoyish etmoqda. Aytganday, ushbu turnirning sovrin jamgʻarmasi 880 million soʻmni tashkil qiladi.
Taʼkidlash joiz, musobaqada shaxmat turniridan tashqari oʻttizdan ortiq loyihalar amalga oshirilib, ishtirokchilar sportning badminton, voleybol, plyaj futboli, stol tennisi, yengil atletika kabi turlari boʻyicha oʻz kuch va epchilligini, “Zukko kitobxon”, mushoira, “Zakovat” loyihalarida esa oʻz intellektual salohiyatlarini sinovdan oʻtkazadilar.
Bevosita “Toʼdakol fest-2022» nomini olgan shaxmat turniriga qaytadigan boʻlsak, Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Olchazor” mahallasidan 10 yoshli Javohir Bozorov oʻz yosh toifasida ushbu musobaqaning gʻolibligini qoʻlga kiritib, 50 million soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi ushbu festival bugun Navoiy shahrida davom etmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring