Yosh avlod kamoloti – taraqqiyot kafolati

Mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti, jamiyatimizda koʻpchilikning katta qiziqishi va eʼtiboriga sabab boʻlgan masalalarni Qonunchilik palatasida muhokama qilinishi anʼanaga aylanmoqda.
2020-yil 5-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bildirilgan gʻoyalar, ilgari surilgan muhim tashabbuslar va takliflarning mohiyati hamda ahamiyatiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.
«Oxirgi oy ichida bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi keng koʻlamli, dasturiy chiqishidir: Prezidentimiz 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda, 23-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida hamda 30-sentyabr kuni Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda nutq soʻzladilar.
Oʻzbekiston yetakchisi global taraqqiyotning jadal jarayonlariga munosib va tezkor munosabat bildirish borasida yorqin namuna koʻrsatib kelmoqda. Prezidentimizning barcha chiqishlari Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishga, millatimizning va sayyoramizning barqaror taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, chuqur oʻylangan izchil siyosat natijasidir», - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining keng qamrovga ega boʻlgan oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali tadbirdagi nutqi bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan masala – Vatanimiz kelajagi boʻlgan yosh avlodning barkamol boʻlib voyaga yetishi, ularning sifatli va mukammal taʼlim olishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
«Oʻzbekiston rahbari barcha nutqlari zamirida mustaqil Vatanimizning kelajagi boʻlgan barkamol avlodni yetishtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Mamlakatimiz Prezidenti shu orqali yosh avlod oʻz isteʼdodi va qobiliyatini, ezgu intilishlarini roʻyobga chiqarishi, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va hayotimizda munosib oʻrin egallashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan istiqboldagi taraqqiyotimizning dolzarb kun tartibini shakllantirib berdi. Mana shular parlamentimiz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlishi kerak»,- dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov.
Majlisda davlatimiz rahbarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni oʻz vaqtida samarali amalga oshirish uchun, xalqimiz farovonligi, voyaga yetayotgan yosh avlodning yorqin kelajagini taʼminlashda har bir deputat faol ishtirok etishi qayd etilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oldida ham muhim vazifalar turgani aytib oʻtildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan quyi palataning tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring