Toshkentda yonib ketgan qimmatbaho elektromobilga qasddan oʻt qoʻyilgani maʼlum boʻldi (+video)

Avvalroq, Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida “Tesla” rusumli elektromobil yonib ketganligi haqida xabar berilgan edi. Keyinroq tarqalgan videotasvirlarda ushbu elektromobil nomaʼlum shaxs tomonidan qasddan yoqib yuborilgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 17-aprel kuni taxminan soat 23:40 larda Mirzo Ulugʻbek tumani, “Yalangʻoch” dahasi hududida joylashgan avtoturargohlarning birida 1988-yilda tugʻilgan M.J. oʻzaro kelishmovchilik sababli tanishi 1983-yilda tugʻilgan N.K. ga tegishli “Tesla” rusumli avtomashinani yoqib yuborgan.
Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro M.J. qoʻlga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring