Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

10:42 26 Avgust 2024 Jamiyat
184 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.

Qayd etilganda, “F.S.”, “A.I.”, “A.V.” va “A.l.” MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, “Qoʻgʻay” MFY hududidagi yogʻ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 1,6 milliard soʻmlik 65 turdagi jami 74 ming 577 dona alkogol mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalariga koʻra, 1052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 ming 268 dona alkogol mahsuloti isteʼmolga yaroqsiz ekanligi, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “A-Sh.”, “B.G.” hamda “Z.V.” MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 ming 060 dona alkogol mahsulotining “QR-kod” markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan.

“Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi «B.G.” MCHJ masʼul shaxslari litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz faoliyat koʻrsatib kelayotganliklari fosh etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.

Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер