"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida temir yo‘l hududlariga ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
2024 yil 7 dekabr kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi hamkorligida "Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali tasarrufidagi "Toshkent" – "Salar" temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.
Unda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev va O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ikrom Narimov, shuningdek, Jamiyat boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va Transport prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab I.Narimov va Z.Narzullayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yashil hududlar sonini ko‘paytirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida respublikamiz shahar va tumanlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan e’zgu ishlar samara berayotganini ta’kidlashar ekan bunda, Transport prokuraturasi hamda O‘zbekiston temir yo‘llari jamoasi hamkorlikda faol qatnashayotganini e’tirof etishdi.
O‘zbekiston temir yo‘llari jamoasiga 1 million tub turli mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish belgilangan bo‘lib, o‘tgan qisqa vaqt davomida mehnatkash soha xodimlarining shijoat va g‘ayrati tufayli temir yo‘l hududlarida, korxona hamda tashkilotlar atroflariga 400 mingga yaqin ko‘chat ekilgani ta’kidlab o‘tildi. Bu ishlarda faol bo‘lgan mas’ullarga tashakkur bildirildi.
– Bugun O‘zbekiston temir yo‘llari jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 1 ming 500 metr temir yo‘l yoqalariga archa ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirishmoqda, – deydi "Temiryo‘linfratuzilma" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Avazbek Ahmedov. – Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston temir yo‘llari jamoasiga 1 million tub ko‘chat ekish belgilangan bo‘lsa, shu kunga qadar "Toshkent", "Qo‘qon", "Qarshi", "Termiz", "Buxoro" hamda "Qo‘ng‘irot mintaqviy temir yo‘l uzeli" filiali tasarrufidagi po‘lat izlar bo‘ylab hamda korxona va tashkilotlar atrofiga 350 mingdan ortiq ko‘chat ekildi va bu ishlar hozir ham davom etmoqda. Ushbu ko‘chatlarni ekish bilan birga, ularni parvarishlash va unib o‘sishini ta’minlash ham asosiy vazifamizga aylangan. Buning uchun ko‘chat ekilganidan so‘ng uni kelajadka parvarish qilish masalasi ham nazoratga olingan va hozirgi kunda O‘zbekiston temir yo‘llarida "Yashil makon" elektron dasturi ishlab chiqilib, ushbu dasturda har bir uchastkaga ekilgan ko‘chatlarni ma’lumotlari nazorat qilinib, mas’ul xodimlar biriktirilgan. Mazkur ma’lumotlar orqali tegishli hududlarga biriktirilgan boshqarmalar mutaxassislari har bir ko‘chatning nazoratini amalga oshirishmoqda va ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish hamda suv yetkazib berish masalasi ta’minlanmoqda.
Ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2025 yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilindi va temiryo‘lchilar bundan ruxlanib nafaqat O‘zbekiston temir yo‘llari doirasida balki respublika miqyosida ham "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etib, ko‘chat ekish ishlari bilan birga yarim butalar, gullar va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan boshqa mevali daraxtlar ekishni ham rejalashtirishgan. Joriy va keyingi yil davomida bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring