Yaponiyada bir kunda kamida bir marta kulish majburiy boʻlgan qonun qabul qilindi

15:58 12 Iyul 2024 Dunyo
291 0

Yaponiyaning Yamagata prefekturasida aholini jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash uchun kuniga kamida bir marta kulishga undaydigan qonun qabul qilindi. Bu haqda mahalliy “The Asahi Shimbun” gazetasi xabar bermoqda.

Ushbu qonun Yamagata universiteti tadqiqotiga asosida ishlab chiqilgan. Mutaxassislarga koʻra, kulgi salomatlik va uzoq umr koʻrishga yordam beradi.

Qonun faqat kuniga bir marta kulish normasini oʻz ichiga olmagan. Unda har oyning sakkizinchi kunini aholining kulgi orqali sogʻligʻiga eʼtibor qaratish kuni sifatida belgilash ham nazarda tutilgan.

Yamagata universitetining tibbiyot fakulteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, tez-tez kuladigan odamlarda oʻlim va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamroq kuzatiladi.

“Kulgi, shuningdek, hayotdan zavqlanish, ijobiy psixologik munosabat, ishonch va ochiqlik darajasini oshirish bilan bogʻliq”, deyiladi tadqiqotda.

Bu qonun mamlakat boʻylab keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Xususan, Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Toru Seki kulish yoki kulmaslik insonning shaxsiy huquqi ekanligini taʼkidladi.

Yaponiya Konstitutsiyaviy demokratik partiyasidan Satoru Ishiguro ham shunday nuqtayi nazarni tasdiqlab, kula olmaydiganlarni yoki kulish uchun sababi yoʻqlarni hurmat qilish zarurligini qayd etdi.

Qonun tarafdorlari, jumladan, Liberal-demokratik partiya aʼzolari, qonun hech kimni kulishga majburlamasligini va shaxsiy tanlov hurmat qilinishini bildirmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat boʻyicha kulmaganlar hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Shunga qaramay ayrimlar qonunga boʻlgan hurmat yuzasidan bu majburiy “odat”ga aylanishidan xavotirda.

Avvalroq, uyqu dorilarning zararlari koʻp, ammo bu safar olimlar uning foydasini kashf qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?