Yangiyoʻlda fuqaro uyida boqayotgan zaharli kobralarni koʻchaga qoʻyib yubordi
Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyoʻl tumani Tuyabugʻuz MFYda yashovchi fuqaro uyida parvarish qilayotgan zaharli ilonlarni koʻchaga qoʻyib yuborgani aytilgan videolar tarqaldi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Joriy yilning 2-oktyabr kuni Yangiyoʻl tumani Tuyabugʻuz MFY hududida fuqaroning xonadonida saqlangan kobra ilonlarni qoʻyib yuborilganligi holati boʻyicha tuman Ekologiya boʻlimi, tuman Ichki Ishlar boʻlimi, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tuman Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari hamda MFY raisi va faollardan iborat ishchi guruh tuzildi”, deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, 40 yoshli N.Y. oʻzi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq “Osiyo kobra” ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgan. Nomaʼlum sabablarga koʻra, u ilonlarni ochiqqa qoʻyib yuborgan. Holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, xususan, 2 ta ilon tutib oʻldirilgan.
Qayd etilishcha, hozirda mazkur holat boʻyicha tuman Ekologiya boʻlimi, IIB, FVB, SES, Obodonlashtirish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda mahalla vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Ular shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlarini olib bormoqda. Fuqarolardan uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.
Fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring