Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi
Videodan kadr
Yangi Toshkent shahridagi ilk metro yoʻnalishi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Bu haqda “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Turkiyaning “Xvav Yapi Sanayi Ve Tic.A.S.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha qiymati 110 million dollarga baholangan. Mablagʻlarning 11 million dollari 2025-yilda, qolgan 99 million dollari esa 2026-yilda oʻzlashtirilishi belgilangan.
Keltirilishicha, loyiha doirasida 8 kilometr uzunlikdagi 3 ta bekatdan iborat metro liniyasi quriladi.
Maʼlumot uchun, Yangi Toshkent shahriga boradigan metro yoʻli hozirgi “Doʻstlik” metro bekatidan boshlanadi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat boʻlishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yoʻlovchilarni qamrab ololadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-iyun kuni mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishib, masʼullarga qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring