Yangi tizim isteʼmolchiga qulaylik yaratmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi xonadonlarda tabiiy gaz taʼminoti uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga oʻtkazilyapti. Xoʻsh, bu isteʼmolchilarga qanday qulaylik yaratadi?
— Ayni paytda mazkur tumanda besh ming nafardan ziyod tabiiy gaz isteʼmolchisi istiqomat qiladi,— deydi “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati rahbari Mohigul Abdullayeva. —Ularning ikki tizimli bosqichga oʻtkazilayotgani mijozlarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlashda qoʻl keladi. Avvalgi tizimda bitta gaz maromlash qurilmasi orqali koʻplab xonadonlar “zangori olov” bilan taʼminlangan. Oqibatda u yoki bu hududdagi eng chekka xonadonlarda tabiiy gaz bosimi pasayib, uning yetib borishida muammo yuzaga kelgan.
Yangi tizim orqali esa tabiiy gaz hududning qayerida istiqomat qilinayotganidan qatʼiy nazar barchaga bir xil meʼyorda uzatiladi. Boshqacha aytganda, adolatli taqsimlanadi. Shu tariqa ayrim isteʼmolchilarning eʼtirozlariga oʻrin qolmaydi.
Aytish kerakki, tuman boʻyicha qirqqa yaqin gaz maromlash qurilmasi nazoratdan oʻtkazildi, 6 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari tartibga keltirildi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida yil yakuniga qadar ikki mingga yaqin isteʼmolchining tabiiy gaz taʼminoti yaxshilanishi kutilmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring