Yangi Oʻzbekistonning yangi tashabbuslarini dunyo eʼtirof etmoqda
Bugun Oʻzbekiston oʻz mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Bu yoʻlda u jahonning koʻplab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyoning farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan, obod va dunyo bilan keng integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan yetakchi sifatida namoyon boʻlmoqda.
Qisqa davr ichida Oʻzbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga asos boʻluvchi ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlanib, BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Zero, Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb, bilishi bejiz emas. Negaki,
Masalan, Prezidentimiz
Shunga monand ravishda Prezidentimiz rahbarligida boshlangan islohotlar va modernizatsiya jarayoni, jumladan, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha siyosatni Germaniya Federativ Respublikasi toʻliq qoʻllab-quvvatlayapti.
Germaniyada chop etiladigan nufuzli “Berliner Telegraph” jurnalining dekabr oyidagi sonida Oʻzbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bagʻishlangan tahliliy maqola eʼlon qilingani buning yorqin ifodasidir.
Taniqli nemis siyosatshunosi
Maqolaning yana bir muhim xususiyati shundaki, unda Oʻzbekiston rahbarining koʻplab tashabbuslari Germaniyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raisligi davrida qabul qilingan YEI Markaziy Osiyo strategiyasining maqsad hamda vazifalariga mos kelishi oʻz ifodasini topgan. Mamlakatimiz rahbarining iqtisodiy islohotlari boshlangandan buyon Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, shu jumladan, Germaniya Oʻzbekistonning muhim sheriklari ekani haqida toʻxtalib oʻtilgan.
Tahliliy maqolaga asoslanib mubolagʻasiz aytish mumkinki, Oʻzbekiston Prezidentining oʻzbek jamiyati manfaatlari yoʻlidagi istiqbolli islohotlari Germaniya tuzilmalari tomonidan qatʼiy qoʻllab-quvvatlanmoqda. Maqolada davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan yangi xalqaro tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgani diqqatga sazovordir.
Shubhasiz, Oʻzbekistonda xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash davlat siyosatining bosh mezoni etib belgilangani, mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik asosida faol munosabatlar oʻrnatish tashqi siyosat sohasidagi ustuvor tamoyil, deb eʼlon qilingani bugun toʻla oʻzini oqlamoqda. Dunyoga ochiq boʻlish,
Bularning barchasi Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida
Xulosa oʻrnida aytganda, bugun Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida muntazam ravishda muhim tashabbuslar va siyosiy takliflarni ilgari surmoqda. Prezidentimiz amalga oshirayotgan ulugʻvor ishlarni nafaqat xalqimiz qoʻllab-quvvatlamoqda, balki dunyo hamjamiyati ham alohida eʼtirof etmoqda. Bu mustaqil Oʻzbekistondagi yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir.
Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring