“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Hunarmandlar maskani barpo etiladi
“Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni (PF–91-son, 12.06.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvargacha “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun:
— kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million soʻmdan oshgan, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
— tovar belgilarini milliy roʻyxatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablagʻlarning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi etib qayta nomlandi va 2023-yil 15-iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati (quyida keltirilgan) tasdiqlandi.
2023-yil 1-iyuldan:
— hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari sifatida joʻnatish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (joʻnatish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi;
— davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
— 2024-yil 1-martgacha “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani oʻz ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring