Yangi maktab oʻquvchilarning uzogʻini yaqin qildi

11:58 30 Avgust 2024 Jamiyat
233 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qad rostlayotgan “Yangi Andijon” massivida aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar koʻlami tobora ortib bormoqda. Ortda qolgan davr mobaynida ishlab chiqarish korxonasi va maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlagan boʻlsa, bugun ilk maktab foydalanishga topshirildi.

— Bundan ikki oy avval ushbu manzildan xonadon sotib oldim, — deydi Rayhona Ashurova. — Bu yerda maktabning yoʻqligi tashvishga soldi. Boisi, ikki nafar farzandim viloyat markazidagi 24-maktabda saboq oladi. Endi xavotirimga asos yoʻq. Sababi, yangi maktab shundoqqina uyimga yaqin joyda boʻlgani uchun bolalarimdan koʻnglim xotirjam.

48 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan ushbu maktab yangi oʻquv yilidan boshlab 1 ming 680 nafar “Yangi Andijon”lik oʻgʻil-qizlarni oʻz bagʻriga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?