Yana bir bank boshqaruvchisi hokim etib tayinlandi

Foto: Sirdaryo.uz
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.
Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Sarvar Sultonovni Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifni maʼqulladi. Yangi hokim sifatida esa Raxmonkulov Orif Xudoyberdiyevichni tanishtirildi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Orif Raxmonkulov 1983-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012-yilda magistraturani tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Uchquduq tumaniga ham sobiq bank boshqaruvchisi yangi hokim sifatida tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring