Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda

13:26 04 Oktyabr 2025 Jamiyat
110 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Har yili oktyabr oyining dastlabki 10 kunligida butun dunyoda kosmos mavzusiga bagʻishlangan yirik tadbirlar tashkil etiladi. Sababi 1957-yil 4-oktyabrda Sobiq Ittifoq eng birinchilardan boʻlib oʻzining sunʼiy yoʻldoshini koinotga uchirgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

1967-yil 10-oktyabrda esa AQSH, Buyuk Britaniya va Sobiq Ittifoq oʻrtasida ayni yoʻnalishda maxsus shartnoma imzolangan. Shundan kelib chiqqan holda 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi “Butunjahon kosmos haftaligi”ni nishonlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani imzolagan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Qariyb 26-yildan buyon mazkur sana va u bilan bogʻliq tadbirlar dunyoning har bir davlatida keng nishonlanadi. Mamlakatda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar bilan shugʻullanib kelayotgan “Oʻzbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan bu yil Oʻzbekistonda ham mazkur sana keng miqyosida nishonlanmoqda. Xususan, “Butunjahon kosmos haftaligi” doirasida 4-5-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Ushbu xalqaro hakatonning asosiy maqsadi iqtidorli va tashabbuskor oʻgʻil – qizlarni saralab olish, ularni qoʻllab – quvvatlash, global mavzularga nisbatan toʻgʻri va keng fikrlashlariga imkon yaratish, jahon maydoniga oʻzbek yoshlarining yangi loyihalarini olib chiqishdan iboratdir.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mazkur tadbirda kosmonavtika va astronomiya kabi yoʻnalishlarga qiziqqan 200 nafardan ziyod yoshlar 50 dan ortiq jamoalarga boʻlingan holda ishtirok etmoqda. Ular maʼlumotlarni qayta ishlash, kosmik texnologiyalar va STEM kabi yoʻnalishlarda 19 ta mavzu boʻyicha oʻzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqmoqda. Bu esa ular uchun “NASA” agentligining eng dolzarb muammolari ustida ishlash orqali oʻz isteʼdodini namoyon etish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish, noyob gʻoyalarni ishlab chiqish va yangi tashabbuslarni ilgari surishga yordam beradi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Qayd etish lozimki, “NASA Space Apps Challenge 2025” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashadi. Oʻzbekiston esa mazkur hakatonda 4-yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Hozirga qadar mazkur tadbirda ishtirok etgan oʻzbek yoshlaridan tarkib topgan jamoalar jahonning TOP-50 eng yaxshi jamoalari qatoriga kirgan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер