BMT vakili: Gʻazoni tiklash uchun 70 milliard dollar kerak boʻladi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin xalqiga yordam dasturi boʻyicha maxsus vakili Yako Silliersning maʼlum qilishicha, Gʻazo sektorini qayta tiklash ishlari uchun qariyb 70 milliard dollar zarur boʻladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
“BMT, Yevropa Ittifoqi va Jahon banki tomonidan birgalikda oʻtkazilgan tezkor baholash natijalariga koʻra, Gʻazoni tiklash uchun taxminan 70 milliard dollar kerak boʻladi”, — dedi Silliers.
U Gʻazo sektorini qayta tiklash muddatlarini hozircha aniqlashning imkoni yoʻqligini bildirdi.
Silliersning soʻzlariga koʻra, BMT va hamkor tashkilotlarning vazifasi nafaqat vayronalarning miqyosini oʻlchash, balki qaysi hududlarni birinchi navbatda tiklash kerakligini aniqlash va asosiy eʼtiborni qayerga qaratishni belgilashdan iborat.
“Ehtimol, Gʻazoning barcha hududlarini toʻliq tiklashning iloji boʻlmas”, — deya taʼkidladi u.
Mutaxassislarning fikricha, soʻnggi harbiy toʻqnashuvlar natijasida Gʻazo sektorining infratuzilmasi, uy-joylari, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimlari jiddiy zarar koʻrgan. Shu bois, tiklash ishlari uzoq muddat va katta mablagʻ talab etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring